Joriy yilning 3-5-may kunlari Buxoro shahrida “II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o‘tkaziladi.
Festivalning maqsadi, zardo‘zlik va zargarlik yo‘nalishlarida faoliyat olib boradigan, soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan tajribali va iqtidorli hunarmandlarni kashf qilish, nodir va yo‘qolib borayotgan san’at asarlarini asrab-avaylash, tiklash, eng ilg‘or amaliy dasturlarni targ‘ib qilish, yosh avlodga ushbu hunarni o‘rgatgan holda viloyatlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, xalqaro miqyosda milliy brendni yaratish va ommalashtirishdan iborat.
Xalqaro festival davomida turli taqdimotlar, ko‘rgazmalar, musiqali teatr namoyishlari va ko‘ngilochar dasturlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Shuningdek, anjuman doirasida qadimiy shaharda «An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’ati rivojlantirishning istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh