Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan joriy yilning 12-19-may kunlari 14 nafar xalqaro OAV vakillarini O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilinmoqda. Tashrif O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yurtimiz madaniyati va turizm salohiyatini Kanada, Singapur, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Isroil, Malayziya, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Qatar davlatlarida keng targ‘ib etish hamda ushbu davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishdir.
Shuningdek, tashrif davomida yurtimiz turizm salohiyatini turli yo‘nalishdagi, bir-birini mavzu jihatidan takrorlamas maqolalar va media kontentlar orqali targ‘ib etishadi.
Ta'kidlash kerakki, dunyoga mashhur nashrlar vakillari “Al Jazeera”, “Deccan Herald”, “Anadolu Agency”, “Al Mustakillah TV”, “EuroNews”, “Architectural Digest”, “TRT World”, “Viajes Comigo”, “TVS”, “Citizen Femme”, “Pakistan Observer”, “Asian Geographic”, “Bokra” kabi jurnal va saytlarda faoliyat yuritishadi. Umumiy kuzatuvchilari soni esa 80 millionga teng.
Ma’lumot uchun, sayohat davomida OAV vakillari uchun mamlakatimizning Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, milliy bozorlari va turistik zonalari bo‘ylab press-turlar amalga oshiriladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh