Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Dunyoga mashhur “Voyage Privé” veb-portalida mamlakatimizning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasi boshlandi

24.06.2024 344

Yirik xalqaro “Voyage Privé” kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida Yevropaning Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya kabi to‘rtta davlatida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan keng ko‘lamli reklama kampaniyasi yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot uchun: “Voyage Privé” Yevropadagi yetakchi sayyohlik kompaniyasi bo‘lib, o‘z o‘quvchilariga unutilmas sayohatlarni taklif etuvchi muhtasham turizmni sevuvchilar uchun keng ko‘lamli veb-portalga ega.

“Voyage Privé” bilan reklama kampaniyasi Yevropa davlatlaridan sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan. Kompaniyaning keng auditoriyani qamrab olishi tufayli O‘zbekistondagi sayyohlik imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar yangi va noyob yo‘nalishlarga qiziquvchi millionlab potensial sayohatchilarga yetib boradi.

Reklama kampaniyasi maxsus ishlab chiqilgan sayohat paketlaridan foydalangan holda, ijtimoiy tarmoqlar orqali, shuningdek, bosma materiallar orqali targ‘ibot qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Reklama kampaniyasi doirasida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar haqida hikoya qiluvchi mavzuli sahifalar va videoroliklar yaratildi.

Kampaniya doirasida turlarni bron qilishda chegirmalar, maxsus ekskursiyalar va mamlakatning eng yaxshi mehmonxonalarida joylashtirish takliflari nazarda tutilgan. Bu sayohatchilarga O‘zbekistonga tashrif buyurishdan unutilmas taassurot olish imkonini beradi.

Batafsil: 

https://www.voyage-prive.co.uk/ppl/holidays-uzbekistan-samarkand-night-tour-mythical-cities-of-uzbekistan/79184?&source=ppurl#filter/d[]=as.uz

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing