Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Dunyoning eng istiqbolli sayyohlik manzillari ro‘yxatida O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi

19.12.2024 1483

Wanderlust sayohat jurnali har yilgi Reader Travel Awards uchun dunyodagi eng sevimli manzillarga ovoz berish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu yil 168 ming sayohatchi 22 turli toifada ovoz berdi. O‘quvchilar o‘zlarining sevimli istiqbolli yo‘nalishlari uchun ham ovoz berishgan va O‘zbekistonni eng istiqbolli rivojlanayotgan yo‘nalish deb e’tirof etishgan.

Jurnalda “O‘zbekiston o‘zining tarixiy boyliklaridan tashqari, Qizilqum cho‘lining bepoyon kengliklaridan tortib Orol dengizi qirg‘oqlarigacha bo‘lgan ajoyib tabiiy manzaralarga egaligi, biroq bu go‘zalliklar ko‘pincha munosib e’tibordan chetda qolishi” ta’kidlangan.

“Ammo bu O‘zbekistonda ko‘rish mumkin bo‘lgan hamma narsa emas. Mamlakat hududida Nurota tog‘lari joylashgan. Shuningdek, O‘zbekistonning uzoq vinochilik tarixi va YuNYeSKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan osh bilan tanishish orqali o‘zbek madaniyatiga chuqurroq sho‘ng‘ish imkoniyatlari ham mavjud”, — deyilmoqda.

Ro‘yxatda Albaniya ikkinchi, Qatar esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing