Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

“Duoba” turizm mahallasi

07.06.2024 851

O‘zbekistonning turizm sanoati sayohatchilarga mamlakatimiz tarixiy maskanlarining asl qiyofasini ochib beruvchi, o‘zbekona madaniyat va dunyoqarashdan boxabar bo‘lish imkonini beruvchi “turizm mahallasi”ga tashrif buyurish kabi yangi tajribalarni taqdim etmoqda. Turizm mahallasi maqomi madaniy meros obyektlari joylashgan, shuningdek, turistlar uchun turli xizmatlarni taklif etuvchi mehmon uylari mavjud bo‘lgan hududlarga beriladi. Bunday mahallalar sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi, chunki ular milliy turmush tarzi tajribasini o‘rganish va tabiat, mahalliy aholining turmush tarzi bilan muloqot qilishdan ijobiy his-tuyg‘ularni olish, shuningdek, milliy taomlar bilan yaqindan tanishish va taomlarni tayyorlash jarayonlarida bevosita ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Duoba turizm mahallasi – osmono‘par toglar qoynidagi sokin gosha

“Duoba” mahallasi Jizzax viloyatining janubi-sharqiy qismida, Zomin tumanining ulug‘vor tog‘lari oralig‘ida joylashgan. Bu joyning nomi fors tilidan tarjima qilinganda “ikki oqimning qoʻshilishi” degan ma’noni anglatadi. Zomin tumani o‘zining betakror tabiati va shifobaxsh havosi bilan mashhur “Zomin” milliy bog‘i tufayli mamlakatimizdan tashqarida ham mashhur. Bu yerda, shimoliy yon bag‘irlarda turli xil sog‘lomlashtirish muolajalarini taklif etadigan “Zomin” tog‘ kurorti joylashgan. Zomin tumani hududi shifobaxsh buloqlarga ham boy bo‘lib, sanatoriydan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Sherbuloq bulog‘ining kaltsiyga boy suvini tatib ko‘rish mumkin. Osmon jismlarini kuzatish uchun esa Suffa platosida joylashgan Xalqaro radioastronomiya rasadxonasiga tashrif buyurish imkoniyati mavjud. Ushbu hududning maftunkor manzaralaridan bahramand boʻlishingiz mumkin boʻlgan obyektlar roʻyxatiga “Zomin” sayyohlik va dam olish maskanidagi osma shisha koʻprik va dor yo‘lini ham kiritish mumkin.

Mehmonlarning maroqli dam olishi uchun mahallada 90 dan ortiq mehmon uyi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, joylardagi obyektlar bilan batafsil tanishish uchun gid xizmati taqdim etilmoqda. Bu yerda har yili ko‘rgazmalar, turli sahna ko‘rinishlari, milliy folklor tomoshalari tashkil etilib, xalqning milliy an’ana va udumlari namoyish etilmoqda. Sayyohlar uchun ot minish, kvadrosikl, chang‘i sporti kabi qo‘shimcha ko‘ngilochar xizmatlar tashkil etilgan. Turistik obyektlarning joylashuvi xaritasi bosma shaklda ishlab chiqilgan va turistik axborot markazlari joylashtirilgan, shuningdek, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ko‘rsatgichlar o‘rnatilgan. Sayyohlar mahalliy madaniyatdan chuqurroq bahramand bo‘lishlari uchun mahallada hunarmandchilik, milliy taomlar tayyorlash va boshqa ko‘plab foydali mashg‘ulotlar bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyati, Zomin tumani, “Duoba” turizm mahallasi

➢ Mehmon uylarining umumiy soni – 97 ta

➢ Mehmonxonalarning umumiy soni – 9 ta

➢ Hunarmandchilik ustaxonalari – 12 ta

➢ Ko‘ngilochar tomoshalar tashkil etilgan

➢ Mahalla hududida turistik axborot markazi faoliyat yuritadi

➢ Hunarmandchilik va milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing