Foto va Video

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Katta dubulg‘a” turnirni uchta medal bilan yakunladi

1268

Kecha Parijda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa-2022” musobaqasi yakunlandi. Unda mamlakatimiz sharafini 5 nafar sportchi himoya qildi. Parij turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

81 kilogramm vaznda O‘zbekistonlik Sharofiddin Boltaboyev uchinchi o‘rin uchun kechgan jangda kanadalik Fransua Gotierga qarshi tatamiga chiqdi va qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba qozondi. Bronza medalini qo‘shib hisoblaganda, Sh.Boltaboev o‘z reytingida 500 ochko jamg‘ardi.

90 kilogramm vazn toifasida Tokio-2020 ishtirokchisi Davlat Bobonov kurashsiz musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori gruziyalik sportchi Beka Griniashvili taqiqlangan harakati uchun tatamiga kira olmagani va keyinchalik xansoke jazolangani uchun bronza medali Bobonovga nasib etdi.

Vazni 100 kilogrammgacha bo‘lgan boshqa bir sportchimiz Muzaffarbek To‘raboyev bronza medali uchun o‘tkazilgan jangda gollandiyalik Mixael Korrelni ippon hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha 7-22 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring