Foto va Video

Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Minkael Omariyev xotirasiga bag‘ishlangan XVI turniri bo‘lib o‘tadi

998

Joriy yilning 11-14 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha 2006-2007-yillarda tug‘ilgan o‘smir yoshlar o‘rtasida Omariyev Minkael Shakirovich xotirasiga bag‘ishlangan XVI xalqaro turnirini o‘tkazish rejalashitirilgan. Musobaqa xalqaro nufuzga ega bo‘lib unda yurtimiz sportchilari hamda yurtimizga tashrif buyirgan sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Omariyev Minkael Shakirovich

1967 yil 17 avgustda Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxrida Xunarmand oilasida tavallud topgan. Qarshi shaxridagi 1-umumiy o‘rta talim maktabda o‘qigan. Maktabda o‘qish davrida Sambo, Dzyudo sport turlari bilan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Malkov V.F qo‘l ostida shug‘ullangan.

Maktabni alo baxolarda tamomlab O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti Dzyudo sport turi yunalishida taxsil olgan. Bir necha bor Respublika va Xalqaro turnirlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan. Sambo va Dzyudo sport turlaridan SSSR sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan. O‘qishni tugatib o‘z trenerlik faoliyatini Qarshi shaxrida Dzyudo sport turidan yoshlarga saboq bergan. Omariyevning ko‘zga ko‘ringan shogirdlari 100dan ortiq shulardan: O‘zbekiston chempionatlari Axmetov Alim, Ergashev Otabek, Ro‘ziyev Vaxob, Maxmudov Jaxongir, Boboyorov Shovkat, Mukminov Rustam, Afanasiyev Oleg g‘olib va sovrindorlari bo‘lishgan. Osiyo chempioni, 2 karra olimpiyada ishtirokchisi Muxtorov Alisher.

Omariyev M.Sh 1998 yil may oyida og‘ir betoblikdan so‘ng vafot etgan. 2000 yildan buyon Omariyev M.Sh xotirasiga bag‘ishlab o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xalqaro xotira turnirida ishtirok etgan yoshlar xozirgacha O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempioni va Jaxon Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda. 2008 yildan boshlab turnirga qo‘shni davlatlardan shu jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston va Rossiya davlatidan xam yosh dzyudochilar musobaqada munosib ishtirok etishgan. Yildan-yilga musobaqa nufuzi ortib bormoqda. 2021-yil 11-noyabr kunlari Qarshi shaxrida bo‘lib o‘tadigan XVI-Xalqaro turnirda xam Respublikamizning barcha viloyatlardan xamda qo‘shni davlatlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalaridan 1000 ga yaqin o‘g‘il va qizlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring