Namangan viloyatining Pop tumanida "Qorsaroy" dam olish maskani turistlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
O‘ziga hos jihati, dengiz sathidan 1700 metr balandlikdagi Qamchiq dovonida tashkil etilgan mazkur dam olish maskanida dekabr, yanvar, fevral va hattoki mart oyida ham doimiy ravishda qor erimaydi.
Ta'kidlash kerakki, tabiiy ravishda yaratilgan sirpanchiq 230 metrni tashkil etadi. Har kuni yuzlab mahalliy sayyohlar maxsus havo yostiqchalari yordamida sirpanchiqda uchadilar.
Shuningdek, "Qorsaroy"da 430 metr uzunlikdagi osma dor yoʻli ham ishga tushdi. Qolaversa, zorbing (shaffof) ballonlar xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan. Hozirda oilaviy dam oluvchilar uchun kempinglar qurish ishlari davom etmoqda.
Qayd etish joizki, sayyohlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun Pop tumaniga xos boʻlgan jihatlarga alohida yondashilmoqda. Masalan tashrif buyurayotgan mehmonlarga mazali patirlarni xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.
Ma'lumot uchun, kelgusida qurilayotgan kempinglar uchun quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha subsidiya ajratiladi. Tadbirkorlar tomonidan yana 5 gektarli maydonda dam olish maskani barpo etish ham rejalashtirilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh