Foto va Video

Endi O‘zbekiston muzeylari yangicha uslubda faoliyat olib boradi

01.07.2022 980

O‘zbekiston Prezidentining “Muzeylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2022-yil 1-iyuldan boshlab muzeylarda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish tartibi belgilanadi. Ayniqsa:

✔️ Davlat muzeylari tashrif buyuruvchilarga har kuni soat 22:00 gacha xizmat ko‘rsatishi mumkin;

✔️ Zarur hollarda muzeylar tungi vaqtda ishlash muddatini belgilashi mumkin;

✔️ Muzey xodimlari pullik xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etishlari uchun moddiy rag‘batlantiriladi;

✔️ Davlat muzeylariga joriy etilgan xizmatlarni ko‘rsatish uchun qo‘shimcha xodimlarni jalb qilishga ruxsat etiladi;

✔️ Davlat muzeylari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishni joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari, muzeylarning byujetdan tashqari jamg‘armalari, Madaniy meros fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 1-iyuldan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasini muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan. Aksiya davlat muzeylari tomonidan aholidan madaniy boyliklarni sotib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan. Davlat muzeylari Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkarbeg 19-uy manzilidagi muzeylar fondiga aholining madaniy boyliklarini xarid qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing