Foto va Video

Mevlut Chavushoglu: “Eng shirin qovunlar uchun Farg‘ona vodiysiga borish kerak”

14.07.2021 731

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavashoglu bugun Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida bo‘ldi. Oliy martabali mehmon tashkil etilgan poliz ekinlari dalalariga, Oltiariq tokzorlariga tashrif buyurib, eng shirin mevalarning ta'midan bahramand bo‘ldi.

Turkiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek qovunlari juda mazali bo‘lib, ular har qanday shirinlikni o‘riniga iste’mol qilinishi mumkin. Mevlut Chavashoglu O‘zbekiston Turkiyaga yangi meva eksportini ko‘paytirishga umid bildirdi, shuningdek, mamlakatda agroturizmni yanada rivojlantirishga muvaffaqiyatlar tiladi. Fermer xo‘jaligi vakillari chet ellik mehmonga Turkiyadagi o‘zbek poliz ekinlarini yetishtirish uchun turli xil urug‘lar to‘plamini taqdim etdilar.

Oltiariq tumani bo'ylab mazali sayohatdan so'ng, Turkiya tashqi ishlar vaziri Qo'qon shahriga jo'nab ketdi

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing