Foto va Video

Erkin Vohidov memorial muzeyi

3215

Manzil: Marg‘ilon shahri, Turkiston ko‘chasi

Mo‘ljal: “Erkin Vohidov nomidagi milliy bogʻ”

Ish vaqti: 10:00 dan 18:00 gacha

 Dam olish kuni: yakshanba

Мемориальный музей Эркина Вахидова

2019-yilda betakror Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi ochilgan edi. Muzey shahar markazidagi “Ijodkorlar bogʻi” milliy madaniyat va istirohat bogʻida joylashgan boʻlib, oʻzbek xalq shoiri, dramaturg, jamoat va davlat arbobi Erkin Vohidov nomi bilan atalgan.

Muzeyda Erkin Vohidovning hayoti va ijodi, tug‘ilgan joyi, bolalik va o‘qish davri, ilk ijodiy ishlari, shoir va yozuvchi sifatida shakllanish jarayonlari, davlat va jamiyat faoliyatidagi yutuqlarini aks ettiruvchi eksponatlar namoyish etilmoqda:

- Lahzalar muhrlangan foto va suratlar: Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida tahsil olayotgan, “Yosh gvardiya” nashriyotida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom adabiyot va san’at nashriyoti direktori lavozimidagi ish faoliyati. “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston mustaqilligi davridagi jamoat va davlat faoliyati sohasidagi ishlar;

- kitob va asarlar: “Tong nafasi” she’riy to‘plami: “Qo‘shiqlarim sizga”, “Yurak va ko‘ngil”, “Mening yulduzim”, “Nido”, “Palatkada yozilgan doston”, “Lirika” , “Yoshlik devoni”, “Charog‘bon”, “Tirik sayyoralar”, “Sharqiy qirg‘oq”, “Kelajakga maktub”, “Muhabbat”, “Hozirgi yoshlar”, “Bedorlik”, “Yaxshidir achchiq haqiqat”. Oʻzbek tiliga o‘girilgan asarlari: Gyotening “Faust”, Yesenin, Blok, Tvardovskiy, Gamzatov, Iqbol, pyesalari: “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi”, “Ikkinchi tumor”;

- mukofot va unvonlar: “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, “Do‘stlik” ordeni, O‘zbekiston SSR xalq shoiri, Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati;

- shoir ijodxonasi va shaxmat burchagi ekspozitsiyasidan parchalar, sovg‘alar, liboslarni ham ko‘rishingiz mumkin.

Ushbu memorial muzeyga tashrif buyurish O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi yoki mamlakatga tashrif buyurgan ko‘plab odamlarning sayohatdan unutilmas lahzalar bilan juda yaqin va aziz o‘tmishga tegish xotiralarga ega bo‘lish hissini beradi.

Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring