Foto va Video

Sharof Rashidov uy-muzeyi

402

Uy-muzey joylashgan hudud azaldan Sh.R. Rashidovning ota-onasi – Rashid ota va Qo’ysinoy ona Xalilovlarga tegishli bo’lib, Jizzax shahrining shaharga yaqin qismida joylashgan. Sharof Rashidovichning rafiqasi Xursanoy G’ofurovnaning talabi bilan eski qum-suvoq uy 1979-yilda yangilandi. Sharof Rashidovga yangi uyda yashash nasib etmadi. Lekin bu joylarda uning bolalik va yoshlik yillari o’tgan, shu yerdan frontga ketdi va shu yerga frontdan qaytdi. Uy-muzeyni tashkil qilishdan asosiy maqsad - Sharof Rashidovich Rashidovning boy merosini o’rganish.

Muzey 5ta zalda joylashgan: bosh zal, Sh.R. Rashidovning hayoti haqidagi ekspozitsiya bo’lib, bu yerda uning hujjatlari, shaxsiy narsa-buyumlari, xorijiy davlatlar rahbarlarining sovg’alari namoyish etilgan.

Xursanoy G’ofuronva Rashidova zalida Sh.R. Rashidovning rafiqasi va oilasiga bag’ishlangan ekspozitsiya, hujjatlar va shaxsiy narsa-buyumlar joylashgan. Sh.R. Rashidov kabineti - bu yerda Toshkentdagi uyidan keltirilgan narsalar, kitoblar namoyish etilgan (qayta tiklangan).

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring