Foto va Video

Fayzulla Xo'jaevning uy-muzeyi

5436

XIX asr me’morchiligining yorqin namunasi nafaqat o‘zining boy, millioner savdogar egasi bilan, balki hashamatli mehmonxonani eslatuvchi ajoyib ko‘rinishi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda, bu XIX-XX asrlar oxirining tarixi va madaniyatini his qilish, o‘sha zamondagi savdo-sotiq hayoti, mebel, interyer va san’atning noyob namunalarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin bo‘lgan ibodat maskani.
Дом-музей Файзуллы Ходжаева

Fayzulla Xo‘jaevning uy-muzeyi, Buxoroning markazida joylashgan. Dastlab, uning egasi, taniqli savdogar Ubaydullo Xo‘ja Qosim Xo‘jaev bo‘lgan, keyin esa uy uning merosxo‘r o‘g‘li Fayzulla Xo‘jaevga o‘tgan. Uy, XIX asrning 80-yillari oxirida sotib olingan bo‘lib uch gektar maydondan iborat bo‘lgan. Savdogar, bu katta maydonda o‘zining katta oilasini hisobga olib bir nechta uy qurdirgan.


Uy, ikki qismdan iborat: erkaklar va ayollar qismi. Bundan tashqari, uyda xo‘jalik ehtiyojlari uchun xonalar, katta “mehmonxona”, kichik mehmonxonalar, balkonlar ham bor. Har bir xona yog‘och o‘ymakorligi, antiqa buyumlar, o‘ziga xos mebellar, noyob bezaklar bilan bezatilgan. Ko'p xonalarda o‘sha yillarning qimmatbaho idishlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak, naqshinkor vazalar va boshqa ko‘plab zebu-ziynatlarni ko‘rish mumkin.

Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938), otasidan tadbirkorlik qobiliyatini meros qilib olmadi, u davlat arbobi bo‘lib yetishib jadidchilik g‘oyalarini ilgari surgan va keyinchalik Buxoro Xalq Sovet Respublikasini boshqargan. 1937-yilda u janjalli ish bo‘yicha Toshkentda hibsga olinib, 1938-yilda o‘limga hukm qilingan va Moskvada otib tashlangan. 1965-yilda, u to‘liq reabilitatsiya qilingan.

Дом-музей Файзуллы Ходжаева

Bugungi kunda, uy-muzeyda Buxoro amirligi gullab-yashnagan davrning aks sadolari, ota va o‘g‘il Xo‘jayevlarning hayoti haqida hikoya qiluvchi bir qancha ko‘rgazmalarni ko'rish mumkin. Muzeyning qimmatbaho eksponatlari orasida chinni idishlar, o‘zbek musiqa asboblari, buxoroliklarning bashang kiyimlari bor. Ushbu g‘ayrioddiy uy-muzeyga tashrif buyurganingizdan so‘ng, siz etnografik ko‘rgazmalar, ajoyib bezaklar va Buxoroning muhtasham hayoti namunalarini ko‘rib hayratga tushasiz.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring