Ertaga navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo’lib o’tadi

176

23-oktabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga ko’ra har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga  atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing. Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring