Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Euronews, BBC va CNN Sharqning buyuk mutafakkirlari va olimlari haqida roliklar namoyishini boshladi

21.11.2025 255

Euronews, BBC va CNN xalqaro telekanallari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida “Oskar” mukofoti sohibi Ben Kingsli ishtirokida suratga olingan roliklar namoyishini boshladi.

“Ma’rifat aks-sadosi” turkum filmlarida u yurtimizning buyuk daholari — Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy va Amir Temur haqida butun dunyoga hikoya qiladi. Maxatma Gandi, Ibn Sino hamda “Fors shahzodasi” filmida Nizom obrazlarini yaratgan afsonaviy aktyor Sharqning ulug‘ merosi ovoziga aylandi.

Bu rolik Sharqning buyuk mutafakkirlari va olimlari, ularning ilmiy merosi va g‘oyalari jahon madaniyati, falsafasi hamda fan rivojiga ko‘rsatgan beqiyos ta’siri haqida hikoya qiluvchi katta filmlar turkumiga muqaddima bo‘ladi.

Kelgusida loyiha doirasida boshqa jahon miqyosida tanilgan aktyorlar va san’at arboblarini ham jalb etish rejalashtirilgan. Bu orqali tomoshabinlarga hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan islom sivilizatsiyasining betakror sahifalarini butun dunyo miqyosida yetkazish imkoni yaratiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar