Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Euronews xalqaro telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi reklama kampaniyasi ishga tushurildi

12.07.2024 288

So'nggi paytlarda O'zbekiston mashhur sayyohlik maskani sifatida e'tiborni tortmoqda. Bu boradagi eng yorqin voqealardan biri Euronews xalqaro telekanalida O'zbekiston turizmni rivojlantirishga bag'ishlangan navbatdagi reklama kampaniyasi bo'ldi.

Kampaniya doirasida videoroliklar ingliz tilida Euronews telekanalida mavjud bo'lgan barcha televizion nashrlarda namoyish etiladi, shuningdek, O'zbekiston bo'ylab sayohat va xalq amaliy san'ati haqida bir nechta tahririyat dasturlari tayyorlanadi va efirga uzatiladi, raqamli kontent va yana ko'plab boshqa materiallar ham yaratiladi.

“Euronews” xalqaro telekanalining global media platformasidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyaning O‘zbekistonga moyilligini oshiradi va kelgusi yillarda O‘zbekistonga yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: “Euronews” Yevropaning yetakchi xalqaro yangiliklar kanali boʻlib, Yevropa nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi koʻp tillardagi yangiliklarni 160 mamlakatdagi 400 milliondan ortiq xonadonlarga yetkazadi. 12 ta krossplatformali til versiyalari, shu jumladan 9 ta alohida televizion versiyalariga ega.

Video material manbasi: Euronews

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing