O‘zbekiston so‘nggi paytlarda xalqaro maydonda sayyohlik yo‘nalishi sifatida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Jahon miqyosidagi “Euronews” xalqaro telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida reklama kampaniyasining yo‘lga qo‘yilgani bu boradagi e’tiborga molik voqealardan biridir.
Targ‘ibot doirasida ingliz tilidagi 30 soniyalik reklama roliklari hozirda mavjud “Euronews” telekanallarida 6 hafta davomida 102 marta namoyish etiladi.
Xalqaro telekanalda boshlangan reklama kampaniyasi O‘zbekistonning noyob madaniy va tarixiy qadamjolari bilan tanishtiradi. Kampaniya qadimiy Samarqand va Buxoro shaharlaridan tortib, zamonaviy poytaxt Toshkentgacha O‘zbekistonni kelib ko‘rish shart bo‘lgan sayyohlik maskani ekanligining ko‘plab sabablarini ta’kidlab o‘tadi. Targ‘ibot kampaniyasining asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning boy madaniy merosiga alohida urg‘u berilganligidadir .
Umuman olganda, ushbu loyihaning ishga tushirilishi O‘zbekiston turizm sanoati uchun muhim voqea bo‘ldi. “Euronews” xalqaro telekanalining global media platformasidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyaning O‘zbekistonga moyilligini oshiradi va kelgusi yillarda O‘zbekistonga yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun: “Euronews” Yevropaning yetakchi xalqaro yangiliklar kanali boʻlib, Yevropa nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi koʻp tillardagi yangiliklarni 160 mamlakatdagi 400 milliondan ortiq xonadonlarga yetkazadi. 12 ta krossplatformali til versiyalari, shu jumladan 9 ta alohida televizion versiyalariga ega.
Videomaterial manbasi: “Euronews”
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh