Foto va Video

Moskva metropolitenining markaziy bekatlarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

04.04.2024 95

2024-yil 1-apreldan 15-aprelgacha Moskva metrosining beshta markaziy stansiyasi platformalarida o‘zbekona go‘zalliklar olami va mamlakatning sayyohlik salohiyatiga eshiklarni ochib, O‘zbekistonga taklif etuvchi videoroliklar namoyish etiladi.

Moskva metropoliteni yo‘lovchilariga bir zumgina to‘xtab, zamonaviylik qadimiy an’analar bilan uyg‘unlashib ketgan, cho‘lning oltin qumlari O‘zbekiston tog‘ cho‘qqilarining salqinligi bilan almashinuvchi olamga sho‘ng‘ish imkoniyati taqdim etiladi.

Oyiga jami 5 milliondan ortiq kishini tashkil etuvchi Moskva metrosi yoʻlovchilari har kuni 1 170 marta oʻzbek masjidlarining mahobatli minoralari va moviy gumbazlari ufqlar uzra koʻkka bo‘y cho‘zib turishiga, yam-yashil vodiylar va mahobatli togʻ tizmalari manzarasi tabiat va insonning azaliy uyg‘unligini eslatib, barchani O‘zbekistonda sarguzasht ruhini his etishga chorlagan holda, ularning ko‘z o‘ngida milliy naqsh va koshinlar qanday namoyon boʻlayotganiga guvoh boʻlmoqdalar.

Efirga uzatilayotgan videoroliklar rossiyalik sayyoh qalbida O‘zbekistonning go‘zalligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, uning tarixiga teginish, boy madaniyatni, O‘zbekiston tabiatining cheksiz kengliklarini his qilish, shuningdek mamlakat gastronomiyasining yorqin va o‘ziga xos ta’mini tuyish istagini alanga oldiruvchi uchqun bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: Videoroliklar har kuni quyidagi metro bekatlarida 1170 marta uzatiladi: 1) Славянский бульвар (Арбатско Покровская yo‘nalishi); 2) Третьяковская (Калужско-Рижская yo‘nalishi); 3) Марьина-Роща (Люблинско-Дмитровская yo‘nalishi); 4) Китай - Город (Калужско-Римская yo‘nalishi); 5)Площадь Революции (Арбатско-Покровская yo‘nalishi).

Moskva metrosi beshta stantsiyasining umumiy yo‘lovchi oqimi oyiga 5 million kishini tashkil etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing