Foto va Video

Mahalliy sayyohlarga keshbek sifatida 177 million so‘m qaytarildi

03.04.2024 91

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Turizm qo‘mitasi Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda yangi keshbek tizimini ishga tushirgan edi.

Mazkur tizimga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “Sayohat qil va keshbek ishla” shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib berilmoqda.

2023-yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqqan mamlakatimiz fuqarolariga sarflagan xarajatlari uchun jami 177 mln сўмдан ортиқ маблағ кешбек сифатида қайтариб берилган. 

Eslatib o‘tamiz, sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

● aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
● temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
● joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
● teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.

Ma’lumot uchun, “Sayohat uchun keshbek” platformasi bilan ishlash uchun  Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olasiz va mobil ilova xizmatidan foydalanish uchun FaceID orqali shaxsingizni tizimda tasdiqlaysiz.

Sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlaysiz. Keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo‘l yoki avtobus biletlarini ilovaga kiritasiz. Shuningdek, maroqli sayohatdan so‘ng “Sayohatni tugatish” tugmasini bosasiz va yig‘ilgan keshbek summalarini shaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga o‘tkazasiz.

Keshbek tizimi Soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (Soliq.uz) bilan integratsiya qilingan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing