Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“Fargʻona” turistik zonasida sayyohlar uchun zamonaviy infratuzilma barpo etiladi

06.03.2026 95

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Fargʻona tumanida turizmni rivojlantirish, togʻli hududlarning salohiyatini ishga tushirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida “Fargʻona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi. Uning umumiy maydoni 2396 gektarni tashkil etadi.

Turistik zonada zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — elektr, ichimlik va oqova suv, internet va avtomobil yoʻllari — barpo etiladi. Zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

Zonada turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: piyodalar va velosiped yoʻlaklari, elektromobil quvvat stansiyalari, vertolyot uchish-qoʻnish maydonchalari, ziplayn va selfi zonalari, turistik va xizmat koʻrsatish obyektlari, shuningdek, suvenir va oziq-ovqat savdo maydonlari tashkil etiladi.

Turizm xizmatlarini rivojlantirish maqsadida Vodil agroturizm klasterida malina bogʻlari va xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etiladi, Yozyovon tumani Markaziy Fargʻona suv ombori atrofida ish oʻrinlari yaratiladi, malina plantatsiyalari va qayta ishlash fabrikalari quriladi. Shohimardon — Yordon va Yordon — Dugoba yoʻnalishlarida zamonaviy kabinali dor yoʻllari, osma koʻprik, ziplayn loyihalari amalga oshiriladi.

Hududda xavfsizlik va ekologiya choralariga alohida eʼtibor qaratiladi: daryolar qirgʻoqlari mustahkamlanadi, kanalizatsiya, gaz, elektr energiyasi va mini hamda mikro quyosh stansiyalari quriladi.

Ushbu qaror orqali Fargʻona tumani turizm salohiyati toʻliq ishga tushiriladi, zamonaviy turizm infratuzilmasi barpo etiladi, yangi ish oʻrinlari yaratiladi va hududning investitsiyaviy jozibadorligi sezilarli darajada oshiriladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar