Farg‘onada Turon yakkakurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

14.10.2021 1245

16-20-oktabr kunlari Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida Turon yakkakurashining bellashuv yo‘nalishida 2001-yilda tug‘ilgan va undan katta sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu O‘zbekiston kubogi musobaqasida Respublikamizning 14 hududidan jaʼmi 294 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilayapti. Shulardan 140 nafari qizlar, 154-nafari o‘g‘il bolalar.


Ma’lumot uchun:

“TURON" YAKKA KURASHI” - milliy sport turi. Turkiy xalqlar jang qilish sanʼati namunasi sifatida qadimdan mashhur boʻlgan. Bu turdagi yakkamayakka kurashish usuli Amir Temur davrida takomiliga yetgan. “Turon” yakkakurashlar zamonaviy qonunqoidalarini xalqaro miqyosdagi sport ustasi B. Saidov ishlab chiqdi (1991). Kurashchilar peshonaband belbogʻ bogʻlab, yaktak, keng ishton kiyib musobaqalashadilar. Raqiblar maydonga chiqqanda qoʻllarini yuqoriga koʻtarib, bir-birlariga kaftlarini koʻrsatishadi. Bu “koʻrib qoʻy, qoʻlimda hech narsa yoʻq, halol kurashaman” degan maʼnoni bildiradi. “Turon” yakning ikki: jang va erkin mashq yoʻnalishi bor. Jang yoʻnalishi boʻyicha bellashuv 2 qismdan iborat boʻlib, har bir qismi 5 minutdan boʻladi, katta yoshdagi sportchilar uchun 1-raund 5 minutni tashkil qiladi. Qolgan yoshdagilar uchun 1 raund 2-3 minut davom etadi. Bu yoʻnalishda gʻalaba va sof gʻalaba bor. Gʻalaba raqibiga koʻp zarba berib eng koʻp ball yiqqan oʻyinchiga, sof gʻalaba esa raqibi zarba olganda gangisa, behol holatga tushib qolsa yoki boʻgʻma usuli bilan yutganda berilishi mumkin. Erkin mashq yoʻnalishi bitta va bir necha sportchi (jamoa) bilan bajariladigan maigklar boʻlib, 1, 5 minut davom etadi. Mashqlar buyumsiz va buyumlar bilan bajariladi. Eng koʻp ball toʻplagan oʻyinchi yoki jamoa gʻolib chiqadi. Qilich, gimnastika tayogʻi, arqon kabi buyum bilan bajariladigan koʻrgazmali mashklar bilan chiqishlari mumkin. U sportchining texnik usullarni qanchalik egallaganligi va jismoniy chiniqqanligini namoyish etadi. Bu chiqishlar ham ball bilan baholanadi.

Oʻzbekistonda “Turon” yakkakurashlar federatsiyasi tuzilgan (1995). Har yili Toshkent shahrida birinchiligi va Oʻzbekiston chempionata musobaqalari oʻtkaziladi. “Turon” yakkakurashlar bo‘yicha “Alpomish oʻyinlari” festivali dasturidan joy olgan. Bu sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. 5 xalqaro sport ustasi, 30 dan ortiq sport ustasi tayyorlandi (2004). “Turon” yakkakurashlar xalqaro miqyosda tan olinmoqda. AQSH, Germaniya, Isroil, Niderlandiya, Ukraina, Latviya, Moldaviya, Belorussiya va boshqa mamlakatlarda “Turon” yakkakurashlar sport seksiyalari ochilgan. 1 rasmiy xalqaro turnir oʻtkazilib (1996, Toshkent), unda A. Kenjaboyev (Qozogʻiston), Ch. Mergenov (Turkmaniston), T. Fattoxov, A. Rabinovich (Oʻzbekiston), D. Juravlev (Rossiya) gʻolib boʻlganlar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing