Foto va Video

“Forbes” jurnali O‘zbekistonni 2022-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta yo‘nalish ro‘yxatiga kiritdi

24.01.2022 1027

Amerikaning “Forbes” moliyaviy-iqtisodiy jurnali O‘zbekistonni 2022-yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari 50-taligiga kiritdi.

Nashrning qayd etishicha, joriy 2022-yil ko‘plab hududlar cheklovlar tufayli yopiqligicha qolayotganiga qaramay, o‘tgan yilga nisbatan dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga biroz umid beradi.

“O‘zbekistonning rivojlangan infratuzilmasi sayohatchiga O‘zbekiston poytaxti Toshkentdan Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlari bo‘lmish Samarqand, Buxoro va Xivaga bemalol yetib borish imkonini beradi. Uch shahar tezyurar poyezdlar orqali yaxshi bog‘langan, Xiva esa Sovet davridagi poyezd orqali Buxoro bilan bog‘langan.

Ushbu yo‘nalishdagi deyarli har bir shahar YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va diqqatga sazovor joylarni taklif qilish uchun juda ko‘p. Qadimgi Xiva shahri Ichanqal’a o‘zbek shaharlari orasida birinchi bo‘lib Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Buxoroda ko‘plab boy bezatilgan qadimiy madrasalar (maktablar), tarixiy markazga tashrif buyurish va qadimiy savdo gumbazlarida esdalik sovg‘alarini xarid qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Samarqand, albatta, nafis Registon maydoni bilan hayratga soladi. Toshkentda, odatda, qo‘zichoq go‘shti va maydalangan sabzi qo‘shib pishiriladigan an’anaviy guruch taomi bo‘lmish palovning turli turlarini to shimingiz yorilib ketguncha tatib ko‘rishingiz mumkin”. - deb qayd etadi nashr.

Ushbu reyting mualliflar 2020 yilgacha tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan eng mashhur yo‘nalishlar asosida tuzilgan. Hozirda amerikalik sayyohlar uchun ochiq joylarga ustunlik berildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing