Fransiyaning Vogue Paris modalar jurnali O‘zbekiston bo‘ylab yangi sayohat kitobi haqida gapirib berdi

1505

Bu yil mashhur Assouline Publishing  nashriyoti "O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l" kitobida mamlakatimizning boy madaniyati haqida butun dunyoga so‘zlab berdi.

Nashr mualliflari - Ya.Assulin va fotosuratchi L.Xammani o‘tgan yozda bizning quyoshli o‘lkamizga tashrif buyurib, Sharqning yuragiga sayohat qilish uchun eng zo‘r yo'nalish sifatida kitobni taqdim etishdi.

Bu yerda taxminan 2 oy bo‘lganida Xammani o‘z fotosuratlarida mamlakatimizning barcha go‘zal va sharqona bo‘yoqlarini muhrlagan.

"O‘zbekiston o‘zining jo‘shqin tog‘li manzarasi, betakror ko‘kalamzor shaharlari va g‘ayrioddiy go‘zal saroylari bilan Assouline Publishing tomonidan nashr etilgan yangi kitobning qahramoniga aylandi", – deb yozdi fransuz nashri.

Kitob 2020-yil mart oyidan boshlab 20dan oshiq davlatlarda va jahon tarmog‘i resurslarida sotuvga chiqarildi.

Ta’kidlash kerakki, kitob kelgusi yil kuzida Luvrda ochiladigan "Buyuk Ipak yo‘lidagi sivilizatsiya va madaniyat" xalqaro ko‘rgazmasi uchun nashr etilgan.

Rasmlarga boy kitob O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Assouline Publishing nashriyotining qo‘shma loyihasidir.

Siz kitobni noshirning saytida yoki havola bo‘yicha sotib olishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring