Foto va Video

Fransuz boksi “SAVAT” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

1603

Joriy yilning 9-10 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Jar” sport sog‘lomlashtirish majmuasida Fransuz boksi “SAVAT” sport turining “Asso” yo‘nalishi bo‘yicha bolalar, kadetlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada respublikamizning 9 ta hududidan 500 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.


Qariyb 300 yillik tarixga ega bo‘lgan fransuz boksi “SAVAT”dir. Tarjima qilinganda “SAVATE” ya’ni “eski poyabzal” degan ma’noni anglatuvchi bu sport turi fransuzcha ko‘cha janglaridan kelib chiqqan bo‘lib, oyoq zarbalari va yuzga urish bilan kurashish uslubini eslatib yuboradi. 2019-yil 11-oktabr sanasida O‘zbekiston fransuz boksi “SAVAT” Assotsiatsiyasi tashkil etildi. Qisqa vaqt oralig‘ida Respublikamizning deyarli barcha hududlarida mingdan ziyod yoshlar ushbu sport turi bilan shug‘ullanish boshlab yubordilar.


Mazkur sport turi qo‘l va oyoqlarni teng ravishda ishlatib, g‘arbiy boks elementlari va zarbalarini birlashtiradi. Klassik Savatda qo‘llar asosan himoya funksiyasini bajaradi, zarbalar (ku) ochiq kaft bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy Savatda (fransuz boksi) boks qo‘lqoplari yordamida mushtlar bilan zarbalar beriladi. Oyoq bilan zarbalar va asosan zarbalar kamar ostida ko‘llaniladi, shu bilan uni zamonaviy Yevropa (Kikboksing) va Osiyo (Muay-tay va Silat) hamkasblaridan ajralib turadi. Ya’ni, jangchilari qalin va zich poyabzal kiygan yagona qadimiy maktabdir.

Fransuz boksi “Savat”da musobaqa janglari asosan 2 ta qismdan iborat bo‘ladi. Bular, “Asso” ya’ni yengil kontaktli, qo‘l va oyoqlar bilan kuchli zarba berilmaydigan texnikaning sifati va aniqligiga qaraladigan turidir. “Komba” Bu to‘liq kontaktli bo‘lib oyoq hamda qo‘llarda kuchli zarba berishga ruxsat etiladi. Musobaqalar jamoaviy, shaxsiy, shaxsiy – jamoaviy ko‘rinishlarda o‘tkaziladi.


В Сават французского бокса поединки состоят из двух частей. Это «Asso», разновидность техники легкого прикосновения и сильного удара, которая не затрагивает руки и ноги. “Komba” это полный контакт, позволяющий наносить сильные удары по ногам и рукам. Соревнования проводятся в командных, индивидуальных, индивидуальных и командных видах.

Izoh

1

Слов нет организация на высшем уровне!

Азизбек Исраилов | 01.12.2021

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring