Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

06.08.2024 195

Joriy yilning 14-sentabr – 6-oktabr kunlari mamlakatimizda ilk bor nufuzli musobaqa – futzal bo‘yicha Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi.

Bugun, 6-avgust kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida Jahon chempionatini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar ishtirokida ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan musobaqani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita a’zolari ishtirok etishdi. Matbuot anjumanida dastlab, musobaqani keng targ‘ib etishga qaratilgan videorolik taqdimoti o‘tkazildi.

“Mamlakatimizda o‘tkaziladigan ilk nufuzli mundial doirasida butun dunyoga O‘zbekiston turizmini keng targ‘ib etish imkoniyatidan unumli foydalanmoqchimiz. Musobaqani keng targ‘ib etish maqsadida tayyorlangan videorolikni ishlashda birinchi navbatda uni tomosha qilgan har qanday xorijlikda O‘zbekiston haqida dastlabki tushunchalar paydo bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy an’analarimizdan kelib chiqib, futzal mundiali yurtimizning turizm imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirildi”, deb o‘z fikrini bildirdi Turizm qo‘mitasi mas’uli Aziz Maksumov.

Jahon chempionati ishtirokchisi sifatida mamlakatimizga 23 ta davlatdan sportchilar delegatsiyalari tashrif buyuradi. Bundan tashqari jahon chempionatini bevosita O‘zbekistondan yoritib borish uchun 5 ta qit’a davlatlaridan yuzlab jurnalistlar va blogerlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, o‘z yurti futzalchilari uchun muxlislik qilish maqsadida bir necha o‘n minglab ishqibozlarni mamlakatimizda qabul qilish kutilmoqda.

Bugungi kunda futzal musobaqalari o‘tkaziladigan har bir shaharlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar qayta ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, yurtimizning bir qator tarixiy maskanlari Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Shahrisabz kabi shaharlarimiz ham o‘zida sayyohlar oqimini qabul qilishga tayyor.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing