Joriy yilning 18-21-dekabr kunlari Istanbul shahrida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari ishtirok etgan 21-Xalqaro gastronomik pazandachilik festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston oshpazlari delegatsiyasi “Istanbul Gastronomy Festival 2024”da yuqori natijalarni namoyish etib, individual nominatsiyalar bo‘yicha Gran-pri va bir qator mukofotlarni qo‘lga kiritdi.
Natijalar:
• Gran-pri (1 o‘rin, oltin) - Nazira Alimatova, Maxfuza Rahimova
• Gran-pri (bronza, o‘smirlar) - Nazokat Jo‘rayeva, Ozodbek Sunnatov, Ayubxon Avazov
Individual mukofotlar:
• Nazira Alimatova - oltin, pasta
• Mahfuza Rahimova - oltin, modern kuzin
• Nazokat Jo‘rayeva - oltin, modern kuzin
• Ozodbek Sunnatov - oltin, qo‘y go‘shti
Ayubxon Avazov - kumush, mol go‘shti

Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan oshpazlar, shuningdek, dunyoning turli nuqtalaridan jahon miqyosidagi hakamlar ishtirok etishdi.
Dunyoga mashhur oshpazlardan iborat hakamlar hay’atining qat’iy tanlov nominatsiyalari asosida o‘zbekistonliklar egallagan sovrinli o‘rinlar o‘zbek oshxonasining yuksak yutuqlari, O‘zbekiston an’analarini jahon hamjamiyatiga munosib tarzda olib kirayotgan mamlakat yosh avlodining qobiliyatidan dalolatdir.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi 2010-yildan buyon jahon oshxonasining oshpazlik standartlarini saqlab qolish va yaxshilashga qaratilgan professionallar tashkiloti bo‘lgan Butunjahon oshpazlar hamjamiyatlari uyushmasining rasmiy a’zosi hisoblanadi.
Izoh