Foto va Video

Britaniya nashri Qoraqalpog‘istonni gʻayrioddiy sayohatlar ro‘yxatiga kiritdi

563

Britaniyaning Bradt Guides sayyohlik nashri 2023-yilda sayohat qilish tavsiya etiladigan turli dunyo sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham ushbu ro‘yxatga kiritildi. Sayyohlarni o'ziga tortadigan noyob joylar ro'yxatiga Qoraqalpog'istondan tashqari, Chili, Kosta-Rika, Isroil, Estoniya va boshqa ko'plab davlatlar kiritilgan.

Reytingda dunyoning 16 davlati ishtirok etdi.

“2023-yilda Samarqandda YUNWTO Bosh Assambleyasi o‘tkaziladigan vaqtda barchaning e’tibori O‘zbekistonga qaratiladi. Bu, albatta, Ipak yo‘lidagi shaharlar va YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bundan tashqari, siz Qoraqalpogʻiston Respublikasi kabi kam o‘rganilgan yoʻnalishlarni kashf qilish uchun sayohat qilishingiz mumkin. Toshkentga haftasiga uchta reys amalga oshiruvchi Mo‘ynoqdagi yangi aeroport, Nukusga yangi tezyurar poyezd qatnovining yo‘lga qo‘yilgani bu olis va maftunkor hududga yetib borish hech qachon bunchalar oson bo‘lmaganini anglatadi”, - deb qayd etadi nashr.

Nashrda hududida 2020-yilda tashkil etilgan 2 ta milliy tabiat bog‘i joylashgan ajoyib Orolbo‘yi mintaqasi haqida so‘z boradi. Har yili yoz oxirida bu yerda “Стихия” zamonaviy elektron musiqa festivali o‘tkaziladi.

Butun dunyoda “Cho‘ldagi Luvr” nomini olgan Nukus shahridagi noyob Savitskiy muzeyida etnik hordiq chiqarish, o‘tovlarda tunash va avangard madaniyatini sevuvchilar uchun bu aql bovar qilmas yo‘nalishdir, ayniqsa ekzotik sayohat ishqibozlari uchun.

Britaniya nashri materiali “The Bradt Guide” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Milliy PR-markazi” DUK o‘rtasida 2022-yil 25-iyulda tuzilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatiga oid turkum materiallar yaratish to‘g‘risidagi lohiyaga muvofiq tayyorlangan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring