Gimnastika hamma uchun. O‘zbekistonda vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

164

“Chuqur nafas oling, qo‘llaringizni kengroq yoying! Shoshilmang – uch-to‘rt! Ruh bardamligi, nazokat va nafosat! Bularning barchasini bizga umumiy mustahkamlovchi va uyg‘unlashtiruvchi gimnastika beradi ...“, - Vladimir Visotskiyning mashhur qo‘shig‘ida shunday kuylangan. To‘g‘ri, gimnastika ham salomatlikni mustahkamlaydi, ham jamoani murosaga keltiradi.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turli davlat idoralari va muassasalari o‘rtasida sport jamoalari va terma jamoalarni tashkil etish allaqachon yaxshi amaliyotga aylangan.

Ushbu amaliyotning dolzarbligi munosabati bilan O‘zbekistonning bir qancha shaharlarida biznes sohasida, shuningdek davlat idoralari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o‘rtasida “Sport go‘zallik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada. Gimnastika barcha uchun” sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.Sport musobaqalari Prezidentimizning 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda.
“Gimnastrada” sport musobaqalari joriy yilning 5-7 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va mamlakatimizning qator viloyatlarida tadbirkor ayollar va turli muassasalar xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 25-26 noyabr kunlari esa turli vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Bugun, 25-noyabr kuni Toshkent moliya institutining sport zalida profil idora va vazirlik xodimlari o‘rtasida “Gimnastrada” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring