Gulbozor mahallasidagi “Turizm ko‘chasi”da “Hunarmandchilik” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

19.07.2024 242

“Gulbozor” mahallasidagi “Turizm ko‘chasi”ning sayyohlik salohiyatini oshirish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda sayyohlarni keng jalb qilish va uning ommaviyligini ta’minlash maqsadida mahallada yil davomida turli ommaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Gulbozor” mahallasidagi “Turizm ko‘chasi” bo‘ylab “Hunarmandchilik ko‘rgazmasi” namoyishi tashkil etiladi.

Ko‘rgazmada hunarmandchilikning kulolchilik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, temirchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik va chitgarlik, zargarlik san’ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi va boshqa yo‘nalishlari, shuningdek, suvenir mahsulotlari namoyishi rejalashtirilgan.

Tadbirning badiiy qismida karnay – surnay sadolari ostida bir vaqtning o‘zida turizm ko‘chasining bir nechta joylarida konsert dasturlari tashkil etiladi. Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashadilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing