Shu kunlarda, 2023-yil 9-fevraldan 11-fevralga qadar Hindistonning Dehli shahrida “SATTE Travel Expo 2023” 30-xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ish boshladi. O‘zbekiston delegatsiyasi ulkan India Expo Mart ko‘rgazma majmuasida mamlakatimizning milliy stendini namoyish etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK vakillaridan iborat.
2023-yilda ko‘rgazmada BAA, Ummon, Sloveniya, Turkiya, Gonkong, Koreya, Ispaniya va Shveytsariya, Tailand, Turkiya, Malayziya, Maldiv orollari va Indoneziya kabi davlatlar o‘z pavilyonlarini ochdi. Umuman olganda, 50 mamlakatdan 1200 dan ortiq eksponentlar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida turizmning turli masalalari bo‘yicha qator seminarlar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bu yil “SATTE 2023” xalqaro ko‘rgazmasi SHHT doirasida o‘tkazilmoqda va O‘zbekiston SHHTga a’zo mamlakatlar pavilyonida o‘z stendini namoyish etmoqda.
“SATTE 2023” ko‘rgazmasi doirasida delegatsiyamiz a’zolari Hindiston va Sharqiy Osiyoning yirik sayyohlik agentliklari bilan muzokaralar olib bordilar. Muzokaralar davomida Hindistonlik hamkasblar Markaziy Osiyoning eng yirik turistik tadbiri haqida ma’lumot oldilar hamda joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga taklif etildilar.
O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Hindistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etildi.
Ma’lumot uchun:
SATTE har yili Mumbay va Dehlida bo‘lib o‘tadigan Janubiy Osiyodagi eng yirik sayohat va turizm ko‘rgazmasidir. SATTE mahalliy va xorijiy xaridorlar hamda sayohat, turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, milliy va davlat turizm ma’muriyatlari uchun majmuaviy platformani taklif etadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh