Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Hindistonning “Bollylands.com” teleshou ijodiy guruhi O‘zbekistonda

04.10.2024 195

Mamlakatimizga Janubiy Osiyo davlatlaridan, xususan, Hindistondan sayyohlar sonini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan Hindistonning “Bollylands.com” ijodiy guruhining yurtimizga tashrifi tashkil etildi.

“Bollylands.com”ning 8 ta mavsumi Avstriya, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, BAA, Kamboja va Vetnam davlatlarida suratga olingan bo‘lib, ko‘rsatuvning navbatdagi 9-soni O‘zbekistonda tasvirga olish ishlari olib borilmoqda.

Ijodiy guruh mamlakatimizga tashrifi davomida Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, xususan, o‘zbek madaniyati, urf-odatlari, turizm qishloqlari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va umuman turizm sohasida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar.

Ushbu loyiha mamlakatimizni nafaqat Hindistonda, balki dunyoning boshqa davlatlarida ham tanilishiga hamda mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing