Foto va Video

Hisor qo‘riqxonasi

16305

Hisor tizmasi (Pomir-Oloy tog‘ tizimi)ning Qashqadaryo viloyatidagi g‘arbiy yon bag‘rida Hisorning tog‘ ekotizimlari va archa komplekslarini muhofaza qilish uchun yaratilgan noyob qo‘riqxona mavjud. Qo‘riqxona maydoni 80986 gektarni tashkil etadi.

Gissar Reserve

Qo‘riqxonaning tabiiy ob’yektlari noyobdir. Bu yerda O‘rta Osiyoning eng chuqur g‘orlaridan biri – Amir Temur g‘ori joylashgan. 2900 m.dan ziyod balandlikdagi ushbu maskan uzunligi deyarli 1000 metr keladigan ikkita g‘ordan iborat. Bu yerdagi g‘orlarda stalaktitli baland grotlar hamda noyob buloqlar bilan oziqlanadigan go‘zal yerosti ko‘li bor. Diqqatga sazovor bo‘lgan sayyohlik ob’yektlari orasida Hazrati Sulton muqaddas tog‘i, toshqotgan dinozavr izlari, Suvtushar sharsharasi, Qizilshavar karst platosi, Xo‘jakarshavar baland tog‘li platosi, Janka baland tog‘li ko‘li, Kalasoy darasi, Zarmas darasi, Seversev muzligi, G‘ilon, Zarmas va Ko‘l sermanzara tog‘ qishloqlari, Qizilgaz yozgi yaylovlarini uchratish mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring