Hududlarda faxriy sportchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilmoqda

1361

Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi keng ko‘lamli ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyaviy jarayon sifatida, har bir inson yoki oilaning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, mehnat jamoasi hamda mahalla muhitida faol ishtirok etish, ko‘pchilikka ibrat, namuna bo‘lish ma’nosini bildiradi. Unda mustahkam oilada tinch-totuv yashash, mehnat jarayonida yuksak samaralar keltirish, madaniy, ommaviy va sport tadbirlarida doimiy ishtirok etish kabi jihatlar mujassamlashadi.Bugungi kunda yosh avlodni munosib sog‘lom va barkamol voyaga yetkazishda sport bilan shug‘ullanish katta ahamiyatga ega. Sportchi bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlar albatta tajribali murabbiylar qo‘lida yetishadilar va yutuqlarga erishadilar.

Shunday murabbiylar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va mahorat saboqlari 2021-yil 27-29-oktabr kunlari har bir hududda o‘tkazilayotgan bo‘lib ushbu uchrashuvlarda sportchi bo‘lishni xohlovchi har bir yosh avlod va yosh sportchilar o‘zlari uchun kerakli saboqlarni olishlari va kelajakda ulkan marralarni zab etishlari maqsad qilib olingan.Mahorat saboqlarida ishtirokchilar uchun maxsus sport o‘yinlari ham tashkil etilib maxsus sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanmoqdalar.
Mahorat saboqlari tashkil etilayotgan hudular bo‘yicha batafsil.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring