“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida tanlov g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

02.07.2024 308

Xabar berganimizdek Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan Jizzax viloyatining turizm salohiyati, madaniy merosi va an’analarini keng jamoatchilik va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov eʼlon qilingan edi.

Joriy yilning 30-iyun kuni “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida ushbu tanlov g‘oliblari: “Eng yaxshi selfi” Omonov Elyor Egamnazar o‘g‘liga, “Eng yaxshi foto” Qorjovov Azamat G‘ani o‘g‘liga, “Eng yaxshi audio, videorolik” Suyarov Rinat Abduraxmanovichga, “Eng yaxshi reportaj” Normatov Xolmurod Ortiqboy o‘g‘liga uyali aloqa vositasi sovg‘alari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing