Ijjon - asl Xiva taomi bo‘lib, xom go‘shtdan tayyorlanadi. Mahalliy rivoyatga ko‘ra, qadimda xonlikni zolim xon boshqargan ekan. U qo‘zg‘olonlardan qattiq qo‘rqib, ularning oldini olish uchun xalqni och saqlagan. Go‘sht esa butunlay man etilgan ekan. Kimdir uyida ovqat pishirmoqchi bo‘lsa, xonning askarlari tutun isidan kelib, tayyorlangan taomni tortib olishar ekan. Ammo xalq, ayniqsa ezilgan xalq, hamisha chora topadi.
Odamlar go‘shtni qiymalab, xomligicha iste’mol qila boshlabdilar. O‘shandan beri ijjon xalqning “amaldorlar” ustidan qozongan g‘alabasi ramziga aylanibdi. Bu taomning tayyorlanishi juda oddiy - go‘sht, suv, tuz, yog‘ va ozgina qirilgan piyoz. Barcha mikroblarni yo‘q qilish uchun go‘shtni oldindan 48 soat muzlatib qo‘yish lozim.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh