IMTM-2022. Isroilda O‘zbekiston va Isroil turistik kompaniyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

29.03.2022 1353

2022-yilning 29-30-mart kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida IMTM-2022 (The International Mediterranean Tourism Market) O‘rta yer dengizi xalqaro turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yarmarkada hamyurtlarimizning ishtiroki Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR markazi” DUK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun:

O‘rta yer dengizi turizm bozori (IMTM) - bu Isroil turizm sanoati uchun professional savdo yarmarkasi va Sharqiy O‘rta yer dengizidagi eng muhim va eng yirik turizm yarmarkasi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston va Isroil turistik kompaniyalari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari mamlakatimiz shaharlarida isroilliklar uchun mutlaqo yangi turistik yo‘nalishlarni taqdim etdi va sayohatlarni rejalashtirish sohasida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qildilar.

Xususan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent va Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm imkoniyatlarini ochib beruvchi, yahudiy madaniyati bilan yaqin aloqada bo‘lgan ziyoratgohlarni ziyorat qilish obyektlari, koshercha taomlarni taklif etuvchi joylashtirish obyektlari haqida shuningdek, turizmning etnografik, gastronomik, etnik va ekologik turlari bilan bog‘liq O‘zbekistonga sayohat qilish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Muzokaralar chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasida havo qatnovi qayta tiklangani, xususan, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AK tomonidan Isroilga haftasiga 4 martagacha yangi, toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilishi eʼlon qilindi.

Qayd etish joizki, bu yil The International Mediterranean Tourism Market 2022 (IMTM) ko‘rgazmasida ko‘plab davlatlar ishtirok etmoqda.

O‘rtayer dengizi xalqaro turizm bozori 2022 (IMTM) yarmarkasida Ozarbayjon, Filippin, Braziliya, Gruziya, Ispaniya, Bolgariya, Portugaliya, Xorvatiya, Litva, Italiya, Polsha, Sloveniya, Gretsiya - umuman 50ta dan oshiq bir qator davlatlar ishtirok etmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing