Foto va Video

Indoneziyaning Jakarta shahrida “Halal Fair Jakarta” turizm yarmarkasi ish faoliyatini boshladi

04.08.2023 249

Mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozorlarida keng targ‘ib etish maqsadida 2023-yilning 4-6-avgust kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Halal Fair Jakarta” turizm yarmarkasida O‘zbekiston delegatsiyasi milliy stend taqdimoti orqali ishtirok etmoqda.

Tadbirda Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DUK hamda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan “Orient MICE”, “East Asia Point”, “Farhan travel”, “Euroasia Travels” “Travel together” kabi turistik kompaniyalar, shuningdek, OAV vakillarining ishtirok etishi O‘zbekistonning turizm salohiyatidan xabardorlik va qamrovini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xalqaro yarmarka kunlarida delegatsiyamiz a’zolari tomonidan ko‘plab yangi va qiziqarli turistik mahsulotlar taqdimoti namoyish etiladi. Asosiy e’tibor nafaqat an’anaviy turizm yo‘nalishlari, balki mamlakatning gastronomik va ziyorat turizmi salohiyatining targ‘ibotiga ham qaratiladi. Stendimizga tashrif buyuruvchilar sevimli milliy taomimiz – palovning tayyorlanishi va dasturxonga tortilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu ajoyib tajriba O‘zbekistonning boy madaniy va oshpazlik merosi haqidagi yorqin taassurotlar orqali tashrif buyuruvchilarni hayratga solishga qaratilgan.

Delegatsiya turistik takliflarini namoyish etishdan tashqari, potensial hamkorlar va taniqli tashkilotlar bilan muzokaralarda faol ishtirok etmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad ularni joriy yilning noyabr oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga jalb etishdan iborat.

Yarmarka davomida, shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan Indoneziyanig Turizm va Kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Salahuddin Uno bilan ham uchrashuv tashkil etilib, unda ikki davlat o‘rtasidagi turizmni rivojlantirish bo‘yicha suhbat qurildi.

Ta’kidlash joizki, “Halal Fair Jakarta” ziyoratchilarga dunyoqarashini kengaytirish va Indoneziyada jadal rivojlanayotgan halol sanoati bilan tanishish uchun o‘ziga xos imkoniyat yaratadi. Bu Oʻzbekistonning halol turizmga boʻlgan eʼtiboriga toʻliq mos keladi va Indoneziya bozoriga kirish va halol turizm sohasida samarali aloqalarni oʻrnatish uchun istiqbolli imkoniyatlar yaratadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing