Joriy yilning 14-15-sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida “Markaziy Osiyo milliy taomlari” festivali bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi Turizm qo‘mitasi va “Milliy PR-markazi” vakillari hamda Bahriddin Chustiy boshchiligidagi oshpazlar jamoasidan iborat. Mazkur festivalda yurtimiz oshpazlaridan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan oshpazlar ishtirok etmoqda.
Festival doirasida mamlakatimizning gastronomik sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida palov, somsa kabi o‘zbek milliy taomlari tayyorlanib, O‘zbekistonning o‘ziga xos an’analari va pazandalik lazzatlarini namoyish etuvchi turli tadbirlar O‘zbekistonga tashrif buyurganlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, festivalning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar milliy taomlarining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish, Markaziy Osiyo xalqlarining oshpazlik san’ati va an’analarini ommalashtirish, Dushanbe shahri aholisi va mehmonlarini mintaqa xalqlarining milliy ovqatlanish madaniyati bilan tanishtirishdir.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh