Foto va Video

Indoneziyaning mashhur telekanallarida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib etilmoqda

08.08.2023 404

Mamlakatimizga kirib keluvchi xorijlik sayyohlar sonini 7 mln nafardan oshirish, bu borada O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Indoneziyaning yirik media tarmog‘i hisoblangan (SCTV) “Surya Citra Televisi” telekanali orqali yurtimiz turizm imkoniyatlarini o‘zida aks ettirgan videoroliklar namoyish etildi.

Ma’lumot uchun, “SCTV” telekanali ijodkorlari tomonidan Janubi-sharqiy Osiyoda yashovchi musulmon aholi uchun mamlakatimizni ommaviy sayyohlik yo‘nalishi sifatida e’tiborini jalb etishda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ziyorat turizmi salohiyati haqida ham dasturlar tayyorlangan edi.

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan mamlakatimizning Jakarta shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar Indoneziyadan turistlar oqimini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Quyida Indoneziya OAVlarida eʼlon qilingan mediamateriallar bilan tanishishingiz mumkin:

https://youtu.be/irpJHg3GPH4

https://youtu.be/JVr-ZJ0RhPI

https://youtu.be/I6H8zxRmhC8

https://youtu.be/P-VOqEuTeNE

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing