Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga o‘zgartirildi. Bu Prezidentning 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Shu munosabat bilan universitet madaniy meros ixtisosligiga ega boʻladi
va ShHTning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch universitetiga aylanadi, shuningdek, uning Toshkent shahrida filiali ham boʻladi. Universitetda restavratorlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.
Hujjatga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va xizmat ko‘rsatish kollejlari negizida turizm va madaniy meros kollejlari tashkil etiladi. Shuningdek, Toshkent turizm va servis kolleji negizida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining Toshkent filiali tashkil etiladi.
Universitetda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, shu nomdagi muzey, badiiy qarorgoh va san’at galereyasi tashkil etiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh