YUNESKOning Ipak yo‘li doirasidagi YUNESKO tashkilotining Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasini tadqiq etish, Ipak yo’li siyosati va rejalashtirish bo‘limi tomonidan 4-Xalqaro “Ipak yo‘li yoshlar nigohida” fotorasm tanlovi tashkil etildi.
Ushbu Tanlov uchun Ipak yo‘li umumiy merosini aks ettiruvchi ikki mavzuga bag‘ishlangan fotorasmlar taqdim etilishi mumkin:
1. “E’tiqod va ma’naviyat;
2. “Hamjihatlikda yashash”
Eng asosiysi ushbu tanlovda faqatgina 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi va qimmatbaho sovg‘alarga va albatta taqdim etgan fotojamlanmalarining xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilishi va professional fotoalbomga muhrlanishiga erishadilar.
Tanlov 2 guruhga ajratilgan holda tashkil etilmoqda, bular: 14-17 yoshlar va 18-25 yoshli fotosuratchilar guruhi. Xar bir guruhdan tanlov komissiyasi tomonidan 3 nafardan g‘oliblar tanlab olinadi va ular professional kamera, yarim professional kamera, standart model raqamli kameralar bilan taqdirlanadilar.
Ushbu tanlovda barcha fotosurat ihlosmandlarini ishtirok etishga chorlaymiz. O‘zbekistonning tarixiy maskanlari va madaniy meros obyektlarida suratga olingan betakror fotosuratlaringiz orqali barcha yurtimiz mehmonlari va yurtdoshlarimizni hayratda qoldiring.
Ro‘yxatdan ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh