“Ipak yo‘lida turizm” – TXTY 2022 Toshkent xalqaro turistik yarmarkasini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov e’lon qilinadi

01.04.2022 1700

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi “Ipak yo‘lida turizm” (TITF-2022) Toshkent xalqaro turistik yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha autsorsing huquqini olish, shuningdek, ko‘rgazmani tashkillashtirish va ishtirokchilarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil 1-may, soat 16:00 ga qadar.

Ma’lumot uchun:

“Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi 1995-yildan buyon BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) rasmiy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatning jozibador turistik qiyofasini yaratish, shuningdek, xorijiy turistlar oqimini jalb etish, milliy turizm mahsulotlarining xalqaro turizm bozorida, jumladan professionallar va oddiy sayyohlar orasida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida, o‘tkazib kelinmoqda.


Joriy yil TITF-2022 Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi 2022-yilning 16-18-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

1) “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasini tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni izlash va jalb qilish bo‘yicha xizmatlar, TXTY tashkilotchilari tomonidan amalga oshirilishi kerak.

2) TXTY ekspozitsiyasi ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasidagi xalqaro standartlarga mos bo‘lishi kerak.

Tanlov shartlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: Спецификации и список услуг.pdf

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-Markazi” DUKga O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100015, Oybek ko‘ch., 18 manziliga yuborilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +998 95 196 21 07 telefon orqali 9:00 dan 18:00 gacha Dushanbadan Jumagacha qo'ng'iroq qiling: yoki info@nationalprcentre.com elektron pochta orqali so'rov yuboring.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing