Foto va Video

Ispaniyada Oʻzbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi namoyish etilmoqda

27.08.2022 918

O‘zbekiston 25-29-avgust kunlari Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida o‘tkaziladigan “Mavrlar va xristianlar” qadimiy madaniyat festivalida ilk bor ishtiroketmoqda.


Ispaniyada XIV asrdan beri har yili oʻtkazib kelinayotgan festival doirasida dunyoning turli xalqlari qadimiy madaniyati va anʼanalarining zamonaviy sivilizatsiya rivojiga taʼsirini aks ettiruvchi rang-barang va unutilmas yurishlar boʻlib oʻtmoqda.


O‘zbekistonning Ispaniyadagi eng yirik tadbirda ishtirok etish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga tegishli. Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi orasida o‘zbek xalqining sayyohlik salohiyati va madaniy-tarixiy merosini keng targ‘ib qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Har yili yurishlarda 10 000 dan ortiq kishi qatnashadi. Bu yil festivalga dunyoning barcha mamlakatlaridan 100 000 dan ortiq mehmonlar tashrif buyurdilar.

Ma’lumot uchun: 2021-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan“Mudexares” jamoat madaniyat markazi rahbari Rafael Ferrero bilan O‘zbekistonning festivalda ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

  
Festivalda O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosini namoyish etish uchun Ispaniyadagi tadbir tashkilotchilari mablag‘lari hisobidan o‘zbek hunarmandlari va kiyim-kechak dizaynerlari tomonidan 600 ta milliy va tarixiy liboslar tayyorlandi. Shuningdek, yurishlarda buyuk o‘zbek sarkardasi, Temuriylar saltanati asoschisi – Amir Temur namoyish etilmoqda.

Bunda o‘zbekistonlik mashhur dizayner - Azukar Moreno nomi bilan tanilgan Kamola Rustamovaning festivalga qo‘shgan hissasini alohida qayd etish lozim.

Bundan tashqari, o‘zbek mualliflari tomonidan buyurtma asosida festival doirasida ijro etiladigan 8 ta maxsus musiqiy asar namunalari yartilgan.

Mazkur xalqaro tadbirda Turizm va madaniy meros vazirligi, milliy folklor jamoalari, oshpazlar, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizning madaniy merosi va sayyohlik salohiyatining o‘ziga xos jihatlarini to‘laqonli namoyish etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing