Foto va Video

Ispaniyaning "FITUR" koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi

18.01.2023 823

18-yanvar kuni Madridda “FITUR 2023” 43-xalqaro turizm ko‘rgazmasi ochildi. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR markazi” DUK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ va mamlakatimizning 4 ta sayyohlik kompaniyasi: Uzbekistan Discovery, El Mundo Tour, Orient Voyages и Orient star group.

17-yanvar kuni “FITUR 2023” ochilishi arafasida O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi “ACIR” (Ispaniya) Yevroosiyo biznes alyansi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston-Ispaniya: sarmoyaviy imkoniyatlar” mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminar Madrid Biznes-forumi ofisida bo'lib o'tdi. Tadbirda ekspert-tahlilchi va ishbilarmon doiralar hamda Ispaniya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

18 noyabr kuni UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekiston milliy stendi bilan tanishdi. Bosh kotib Markaziy Osiyoning yuragi bo‘lgan mamlakatimizning turizm salohiyati jadal rivojlanayotganini ta’kidlab, O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib etishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

FITUR 2023 doirasida O‘zbekistonning turistik va madaniy merosi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma kunlarida o‘zbekistonlik turoperatorlar ispan kompaniyalari bilan yangi aloqalar o‘rnatish, shuningdek, qo‘shma turlar tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun: FITUR – Madriddagi Ifema savdo va ko‘rgazma markazida muntazam o‘tkazib kelinadigan xalqaro turizm ko‘rgazmasidir.

Har yili ko'rgazmada turizm industriyasining barcha qatlamlar vakillari: turoperatorlar, turistik agentliklar, mehmonxonalar, tashuvchilar, turistik ofislar, xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalari va boshqalar ishtirok etadi.

O‘zbekiston FITUR xalqaro ko‘rgazmasida 2005 yildan buyon ishtirok etib keladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing