Turizm qo’mitasi va O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda Ispaniyaning “El Mundo”, “Viajes National Geografic”, “El Peroddico de Catalunya”, “Hola Viajes”, “La Razon”, “ABC” va “Revista Viajar” nashriyotlari vakillaridan iborat delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yevropa davlatlaridan sayyohlar oqimi oshirish va mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini taniqli shaxslar ishtirokida targ‘ib qilishdan iborat.
Shuningdek, tashrif davomida ishtirokchilar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida sayohat qilib, O‘zbekistonning turistik salohiyati, turistik manzillar bo’yicha xulosa va shaxsiy tajribalarini Ispaniyaning mashxur jurnallarida nashr qilishmoqda. Ular O'zbekistonning qadimiy arxitekturasi, rang-barang an'analarini o’rganib, shu bilan birga mahalliy aholi bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Barcha ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqdagi o’z sahifalarini ispan va ingliz tilida olib borishadi, obunachilarining asosiy qismi Yevropa davlatlari fuqarolari.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh