Foto va Video

Isroildan bir guruh jurnalist va blogerlar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi

05.09.2023 314

Bugungi kunda Isroil va O‘zbekiston o‘rtasida ko‘plab yo‘nalishlardagi munosabatlar sezilarli darajada rivojlanib bormoqda.

Ayniqsa, ikki davlat orasida oʻzaro sayyohlik oqimining ortib borayotgani, reyslar sonining koʻpayishi va turizm biznesi vakillari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining mustahkamlangani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Xususan, shu kunlarda Isroildan kelgan bir guruh jurnalist va blogerlar Toshkent shahrida bo‘lib turibdilar.

“ISRAEL HAYOM”, “YNET”, “Aviation News”, “Jewish Traveler”, “Passportnews”, “IAS” vakillari isroillik sayohat ishqibozlarini o‘zlarining media-kontentlari orqali O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishtirishni maqsad qilganlar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing