Turistik kompaniyalar diqqatiga!
2023-yilning 14-15-fevral kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida boʻlib oʻtadigan “IMTM 2023” xalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etishga shoshiling. Ko'rgazmada Oʻzbekiston milliy stendi ham namoyish etiladi.
Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqami orqali murojaat eting.
Arizalar 2023-yil 10-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun: IMTM xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi Isroilning turizm sanoati uchun professional ko‘rgazma va Sharqiy O‘rtayer dengizidagi eng muhim va yirik sayyohlik yarmarkasi hisoblanadi. Ko‘rgazma Isroil turizm vazirligi, mehmonxonalar assotsiatsiyasi, sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi va turoperatorlari assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh