Jahon kubogi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

152

Joriy yilning 18-may kuni Samarqand shahrida triatlon va paratriatlon bo‘yicha “World Triathlon Cup Samarkand – 2024” va “World Triathlon Para Cup Samarkand – 2024” Jahon kubogi musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionati bellashuvlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, bugun, 16-may kuni Samarqand shahrida joylashgan “Hilton Regency” mehmonxonasida xalqaro musobaqalar oldidan tashkilotchilar ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Xalqaro Triatlon federatsiyasi va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi rahbariyati, shuningdek, Sport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va qator hamkor tashkilotlar rasmiylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida rasmiylar dastlab, o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro musobaqaning ahamiyati hamda mezbon sifatida O‘zbekistonning tanlangani, bu borada amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

Oxirgi yillarda boshqa sohalarda bo‘lgani kabi davlatimiz tomonidan mamlakatda sportni rivojlantirish va ommalashtirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Buning pirovardida jahon va qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqalar mezbonligi O‘zbekistonga ishonib topshirilmoqda.

O‘z navbatida xalqaro musobaqalarning mamlakatimizda o‘tkazilishi butun dunyo e’tiborini O‘zbekistonga qaratish va xorijiy davlatlardan sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Samarqandda o‘tadigan Jahon kubogi bashlarida 52 ta mamlakatdan 270 nafar sportchilar qatnashishi kutilmoqda. Ular nufuzli musobaqalarning 218 ta medallar jamlanmasi uchun kurashlarda ishtirok etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring