Jiu-jitsu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

172

Joriy yilning 23-26-dekabr kunlari Toshkent shahrida Jiu-jitsu sport turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning go‘lib va sovrindorlari 424 dona diplomlar bilan taqdirlanadi. Turnir o‘ziga xos seleksiya rolini o‘ynab, sportchilar orasida yangi nomlarni kashf etish hamda kuchlilarni aniqlashga qaratilgan.

Jiu-jitsu — yaponcha oʻzini oʻzi himoya etish va qurolsiz hujum qilish yoʻli. Unda raqibning eng nozik joylari — quyosh chigali (qorinda), uyqu arteriyasi, jigar va h. k.ga zarba berish; qoʻl va oyoq boʻgʻimlarini qayirish, turli tashlanish, bosib olish kabi usullar ishlatiladi. Bunday usullar jismoniy jihatdan baquvvat yoki qurollangan raqibga qarshi kurashda alohida ahamiyatga ega. Jiu-jitsu 13-asrda paydo boʻlgan. Uning asosida dzyudo kurashi kelib chiqqan.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring