Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

“KazanForum” doirasidagi “Rossiya Halal Expo” xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston stendi namoyish etildi

15.05.2024 454

14-may kuni “Qozon Expo” xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Rossiya Halal Expo” halol mahsulotlar ko‘rgazmasi boshlandi. Mazkur ko‘rgazma 14-19-may kunlari Tatariston poytaxtida boʻlib oʻtayotgan “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV Xalqaro iqtisodiy forumi doirasida tashkil etildi.

Malumot uchun:

“KazanForum” biznes dasturi 12 ta tematik yo‘nalishni birlashtiradi: xalqaro hamkorlik, iqtisodiyot, turizm, biznes, fan va texnologiyalar, islom moliyasi va investitsiyalari, sport, halol sanoat va boshqalar. Dastur Rossiya hududlari, Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari va boshqa mamlakatlar ekspertlari ishtirokida 125 ta mavzuli sessiyalarni oʻz ichiga oladi.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi milliy stendida iqtisodiyotning 8 tarmog‘ining eksport salohiyati namoyish etilgan. “Made in Uzbekistan” stendlari ishtirokchilari orasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, “IT-Park Uzbekistan” qatnashdi.

Tadbir davomida Turizm qo‘mitasi vakillari RBK telekanali, Tatariston Respublikasi Davlat Turizm qo‘mitasi vakillari, shuningdek, Tataristondagi Eron-Afg‘oniston diasporasi raisi Emam Nazar hamda Uganda Respublikasining Rossiyadagi favqulodda va muxtor Elchisi Kizige Mozes bilan yurtimiz turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda, navqiron Toshkent shahri, qadimiy Buxoro va Samarqand shaharlarining turistik va investitsion salohiyati, tarixi va mehmondo‘stligi to‘g‘risidagi taqdimotlar ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarga namoyish etildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan halol mahsulotlar faqat mahalliy bozorni faol zabt etibgina qolmay, balki boshqa mamlakatlarda ham o‘zini namoyon qilishga intilmoqda. Ko‘rgazma hamkorlik uchun qulay maydonga aylandi, unda ishlab chiqaruvchilar raqobatchilar bilan tanishishlari, yangi yetkazib beruvchilarni topishlari va o‘zlari haqida so‘zlab berishlari, xaridorlar esa keng turdagi sifatli mahsulot va xizmatlar bilan tanishishlari mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing